Iso mug`ombirlik qilmagan edi

Bizlar Iso insonga aylandi deganimizda, biz to`laligicha insonni, inson qalbi, o`ylari va tanasi bilan nazarda tutyapmiz. Iso mug`ombirlik qilmagan edi. U Xudodir. Ammo U dunyoga kelganda avvalo hujayrasi bo`lib, keyin embrion bo`lib, so`ngra homilaga aylanib va nihoyat chaqaloq bo`lib tug`ilgan edi. U hamma go`daklar singari yeb-ichardi, kekirgan va yig`lagan edi.  Kimdir Unga yo`rgaklarni almashtirishi kerak edi. Shubhasiz kimdir U bilan tunlarini o`tkazishi kerak edi. Ehtimol, Unda ham sanchiqlar bo`lardi va U Maryam va Yusufga kekirgan edi. U barcha bolalar qilgani ham qilardi. U hamma odamlar qilganini qilardi. Va endi, Xudo insonga aylangan vaqtida U Xudo qilgan narsalarni qilgan edi.

Masihiylik fenomeni shundan iboratki, Xudo insonga aylandi. Iso Masih haqiqiy Xudo bo`lgan edi va bo`lishni davom etmoqda – U bir daqiqaga ham Xudo bo`lishni bas qilmagan edi, ammo haqiqat shuki U oldin ham, bugun ham va hamisha haqiqiy inson ham bo`lmoqda. 

U og`riq nima ekanligi yaxshi biladi. U sevgi, quvonch va qayg`uni biladi. U och va tashna bo`lgan, sarson-sargardon bo`lgan  va g`azabda qolgan edi, hattoki hafsalasi pir bo`lgan holatlari ham yo`q emas edilar. U azob va o`lim nimaligini biladi. U yashash va va ortiq o`lmaslik uchun o`lganlardan tirilish nima ekanligi biladi. Bilasizmi, aynan shu sababi Iso Masih birinchi navbatda insonga aylangan edi – biz bilan bog`langan bo`lishi uchun va kelajakda bizlar ham U bilan o`z hayotimizni Unga topshirishimiz uchun. Qachonki U xochda o`lib va so`ngra o`lganlardan tirilib,

U buni haqiqiy inson qiyofasida butun insoniyat uchun qilgan edi. Va aynan Iso orqali, oxiruzamonda U qaytgan paytida biz ham o`lim ustidan g`alaba qozonamiz.

Bu qandaydir chiroyli uydirmasi emas. Iso bizga va`da berdi: “Men O`z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman. Otamning irodasi shundan iboratki, U Menga bergan birontasining yo`qolishiga yo`l qo`ymasligim kerak, balki oxiratda ularning hammasini tiriltirishim kerak. Ha, O`g`ilga ko`z tikkan va Unga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo`lishi Otamning irodasidir. Men oxiratda bunday odamlarni tiriltiraman.” (Yuh. 6:38-40) Rabbimiz va`da berdiki, Unga ishongan har birimiz bir kun kelib o`lganlardan yangilangan inson tanalarda tirilamiz. Biz farishtalar bo`lmaymiz, balki odamlar bo`lamiz, U ham odam bo`lib qoladi. Ammo endi bizlar ortiq o`lmaymiz.

Kulfatlar, kasalliklar, dardlar va qayg`ular ortiq bo`lmaydi. Xudo insonga aylandi toki bizlar ham Xudo farzandlariga aylanishi uchun, Xudoning xalqi bo`lishi uchun, va oxir-oqibat ular go`zal va mukammal bo`lib qoladilar. Buni Iso bizga va`da bergan edi, shuning uchun u inson qiyofasini qabul qilgan edi. Bu “amalga oshgan” ajoyib voqeani bizlar Iso inson tanasiga keldi deb aytyapmiz. 

Xudo insonga aylandi, bizning Buyuk ustoziga, tarixiy shaxsga, donishmandga, inqilobchiga aylandi.

Iso fazilatlarining ro`yxati uzoq davom etirish mumkin. Ammo, agar siz masihiylarni Uni ta`riflashni so`rasangiz, bitta fazilati borki, birinchi o`ringa chiqadi: Iso – haqiqiy Xudo va haqiqiy insondir. Va bizlar Iso Masihga Najotkorimizga ishonamiz. Shuning uchun biz Mavlud bayramini nishonlaymiz. Bu tug`ilgan kunidan ustun sanasi – bu dunyomizda ro`y bergan eng ulug` mo`jizasi. Endi Samoda istiqomat qilgan Xudo bizdan uzoq emas. Endi Xudo – bizning Otamiz, bizning qarindoshimiz.

U bizlarni sevganligi sababli buni qilgan edi.

Avatar photo

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Давайте всегда будем на связи? Разрешите нам отправлять вам уведомления Давайте Не давайте